“Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
G‘uzor tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi rahbariyati, bo‘lim “Faxriylar kengashi” va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi.
“Uch avlod uchrashuvi”da so‘z olganlar Vatanparvarlik oliy qadriyat ekani, yurt himoyasi muqaddas burchligini taʼkidlashdi. Bugungi kunda milliy armiyamizning sarhadlar daxlsizligini taʼminlash borasidagi xizmatlari eʼtirof etildi.
Vatanga, kasbga sadoqat, yurtga muhabbat tuyg‘ularini qalbiga jo etgan ichki ishlar organlari xodimlari ham el osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida samarali xizmat qilib kelayotgani taʼkidlandi.
Tadbirda xodimlarning kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish, ushbu jarayonda shaxsiy tarkib va yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimini oshirib borish qonunchilikka rioya etishi, xizmatda xushmuomalalik bo‘lishi xususida ham tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati