Mast holdagi haydovchi 2 nafar yo'lovchilar hayotiga zomin bo'ldi
4 may kuni soat 19:30 da Urgut tumani, “Tinchlik” mahallasi hududidan o'tuvchi A-377 avtomobil` yo'lining 33 kilometrida haydovchi 27 yoshli F.R.ning boshqaruvida bo'lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini mast holatda Samarqand yo'nalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yo'nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o'ziga nisbatan qarama-qarshi yo'nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A.ning boshqaruvidagi “GAZ-5327” rusumli yuk avtomashinasining o'ng yon tomoniga urilib, yo'l transport hodisasi sodir qilgan.
To'qnashuv natijasida “GAZ-5327” rusumli yuk avtomashina yo'lovchilari (haydovchining turmush o'rtog'i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga etmagan 2 yoshli A.N.lar og'ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etganlar.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o'limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati