24 Dekabr 2022
627
Mashgʻulotni Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi vakili oʻtdi
Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlar tayyorlashda xorij tajribasining ilgʻor yutuqlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Akademiya magistraturasi tinglovchilari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi master-klass mashgʻulotida Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi dotsenti, polkovnik Aleksey Bogdanov oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Onlayn mashgʻulotda politsiya faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tamoyillari, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda mavjud kuch hamda vositalarni samarali yoʻnaltirish, shuningdek politsiya tuzilmalari faoliyatining tashkiliy jihatlari borasida maʼruza qilindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati