10 May 2022 1072

Mardlik va jasorat hamisha barhayot

Andijon viloyati IIB JXX YHXB rahbariyati hamda xodimlari tomonidan "9 may - Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan marhum Andijon viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor Sobirov Elyorbek Jakbaraliyevichning xonadoniga tashrif buyurildi. Marhumning oila aʼzolariga eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, uning yorqin xotirasi yodga olindi.

Shuningdek, marhum Sobirov Elyorbek tahsil olgan maktabga o‘rnatilgan yodgorlik monumenti poyiga gulchambar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага