Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot
Respublikamiz hududida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olishda mardlik ko‘rsatgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 3-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati xodimi safdor marhum Qayirbayev Daniyar Asqarbay ulining nomini abadiylashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limi binosi yonida marhumning yodgorligi o‘rnatildi.
Yodgorlikni tantanali ochish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari General-mayor B.Mirzaraximov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov hamda Mo‘ynoq tumani hokimi, B.Menglibekov marhumning ota-onasi, shuningdek barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qatnashdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari General-mayor B.Mirzaraximov ochib berib, marhum D.Qayirbayev xalq uchun mardlarcha halok bo‘lganligi, uning nomi xalqimizning xotirasida mangu saqlanishi haqida aytib o‘tdi. So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov yig‘ilganlarga marhumning umr bayonini o‘qib eshittirib, D.Qayirbayevga Vatan oldidagi mehnatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 avgustdagi Farmoniga asosan “Jasorat” medali bilan taqdirlanganligini aytib o‘tdi hamda marhumning o‘rnatilgan yodgorligini ochib marhumga gulchambarlar quydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati