8 Fevral 2022 1622

Malakali quruvchi tashkilotlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini zamonaviy arzon uy-joylar bilan taʼminlash hisobidan ularni ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish borasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktyabrdagi 865-son qarori qabul qilingan. 

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun koʻp kvartiralik uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti malakali qurilish tashkilotlarini hamkorlikka taklif etadi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Kichik halqa yoʻli “Tosh-buloq” koʻchasi 10-uy manzilida joylashgan qurilish umumiy maydoni 1,22 gektar boʻlgan 10-qavatdan iborat uy-joy qurish boʻyicha malakali qurilish tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlar toʻplamini taqdim etilishi talab etiladi:

Qurilish tashkilotining ustavi va guvohnomasi;

Qurilish tashkilotining faoliyati haqida maʼlumot (eng kamida 3 yildan ortiq ishlagan boʻlishi kerak);

Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan qurilish tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

Qurilish tashkilotining moddiy texnik bazasi toʻgʻrisida maʼlumot;

Qurilish rejalashtirilgan hududga loyiha taklifi (bosh reja, fasad, qavatlar rejasi, 3D koʻrinish);

Qurilishi ishlarini olib borish, qurilish muddatlari va qurilish shartlari koʻrsatilgan tarmoq rejasi tasdiqlangan koʻrinishda;

Tanlovning alohida shartlari:

Quriladigan uylar (birinchi qavatidan tashqari) 2 xonali 80 m2, 3 xonali 100 m2,
4 xonali 120 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.

Qurilgan uylarni eng kamida 50% Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun ajratilishi talab etiladi.

Mazkur shartlar boʻyicha hamkorlik qilish istagidagi qurilish tashkilotlari 2022-yil 14-fevral kunidan 21-fevral kuniga qadar oʻz takliflarini quyidagi manzilga berishlari mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, T.Shevchenko koʻchasi, 62-uy. tel: 71-256-06-27, 71-230-05-26, 97-737-91-88, 99-725-10-82.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага