14 Avgust 2022 247

Mahkumlar “Zakovat”da bellashdi

Qarshi shahridagi 3-sonli jazoni ijro etish koloniyasida Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda agentlikning Qarshi shahar bo‘limi hamkorligida mahkumlar o‘rtasida "Inson qadri uchun" shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar uch jamoaga bo‘lingan holda bahs olib borishdi. Eng yuqori, 25 ballga ega bo‘lgan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

- Ushbu loyihani yana-da kengaytirishni oldimizga maqsad qilganmiz, - deydi Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi mutaxassisi Aziza Nabiyeva. - Nasib etsa, mustaqillik bayrami oldidan mahkumlar uchun yana bir loyihani o‘tkazamiz. Bu hozircha sir.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага