19 Noyabr 2022 1117

Mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligi mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

2022-yilning 17-noyabr kuni Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati hamkorligida, “Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” hamda “Mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanda, Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Turizm obyektlari masʼullari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida sohaga oid oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar bilan oʻrtoqlashish asnosida, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savol va takliflar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага