Mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash yoʻlida
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Turizm hamda Ziyorat turizm obyektlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz turizmni taʼminlash borasida targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlardan biri 2022-yilning 20-iyul kuni Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash hamda viloyat hududiga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida, muqaddas qadamjolar sanalmish ziyoratgoh atrofida faoliyat yuritayotgan savdo-sotiq doʻkonlarida faoliyat yuritayotgan savdo xodimlariga doimo xushmuomalada boʻlish, shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor boʻlishlari, mahalliy va xorijiy sayyohlarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining 76-224-15-76 telefon raqamiga murojaat etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi yoʻl-harakati xavfsiziligini taʼminlash guruhi va Jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari tomonidan, “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohi avtoturargohida hamda Termiz shahridagi Avtoshohbekatlarda fuqarolarni tashish yaʼni belgilangan yoʻnalish boʻylab harakatlanuvchi “taksi” haydovchilari bilan “Harakat xavfsizligini taʼminlash barchamizning burchimiz!” mavzusida targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazish bilan birga, jinoyat va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash xodimlari bilan bevosita hamkorlik oʻrnatilgan holda faoliyat olib borishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati