20 Iyul 2022 710

“Lacetti” avtomobilida boʻlgan yoʻlovchi ayolning sumkasidan psixotrop dorilar chiqdi

2022-yil 19-iyul kuni soat 14:50larda Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Elmamatov tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, salonda boʻlgan yoʻlovchi, 1983-yilda tugʻilgan, Qarshi tumanida yashovchi D.D. turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubha uygʻotgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida ushbu yoʻlovchiga tegishli boʻlgan sumkadan 16 dona «Tropikamid» va 56 dona «Regapen» nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro D.D. va topilgan dorilar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yoʻllarda tekshiruvlar davom etmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага