17 Dekabr 2022 715

Korrupsiyaga qarshi kurash – taraqqiyot kafolati

Bugungi kunda jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘lida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham ko‘plab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokida IIV Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu mavzudagi navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi ham yuqoridagi fikrlarimiz tasdig‘idir.

Uning avvalida so‘zga chiqqan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshlig‘i, polkovnik Hamza Maxsumov mazkur illat har qanday davlatning kelajagiga xavf tug‘diradigan jirkanch unsur ekanligi hamda unga qarshi jamiyatning barcha aʼzolari birgalikda kurashsagina ijobiy natija berishi haqida taʼkidladi. Shuningdek notiq, mazkur illatga qarshi murosasiz kurashishda har bir shaxsning maʼnaviy salohiyati ham yuqori darajada bo‘lmog‘i lozimligi taʼkidlandi.

Tadbirda so‘z olgan vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi kotibi, podpolkovnik Avazbek Inomov ham qonunchilikda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berish bilan birga, korrupsion jinoyatlarning ildizi, ularning oldini olishga oid qonunchilik normalari, bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, xodimlar bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar aks etgan film hamda ayanchli yo‘l-transport hodisalari tasvirlangan “Hadomat” nomli videorolik ham osoyishtaligimiz posbonlari eʼtiboriga havola etildi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага