14 Iyun 2022 526

Koʻrik-tanlov. Keyingi bosqichga yoʻllanma

Yaqinda IIV Stomatologik poliklinikasida “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʻrik-tanlovining ilk bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar dastlab “Tanishtiruv” shartida oʻzlarining qiziqishi va faoliyat olib borayotgan boʻlinmasi haqida maʼlumot berishdi. “Savol-javob” bahslarida ishtirokchilarning sohaga oid intellektual salohiyati qay darajada ekanligi bilan bir qatorda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar borasidagi hamda tarixiy va huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. “Bemorning singan qoʻliga shina bogʻlash” shartida esa hamshiralar oʻz ishining qanchalik ustasi ekanligini barchaga namoyish etishdi. Oxirgi “Erkin mavzu” shartida salomatlik malikalari oʻzlarining ajoyib va qiziqarli, shu bilan birgalikda, kishini chuqur oʻyga soladigan taʼsirchan sahna koʻrinishlari bilan yigʻilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan qatnashchilarining har bir shart boʻyicha chiqishlari xolisona baholab borildi.

Qizgʻin ruhda oʻtgan koʻrik-tanlov yakuniga koʻra, stomatologik tor mutaxassislar boʻlinmasi hamshirasi Shahnoza Sulaymonova gʻolib deb topilib, keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Stomatologik terapiya boʻlinmasi hamshirasi Eʼzoza Muborova ikkinchi oʻrinni, ortopediya boʻlinmasi hamshirasi Durdona Qurbonaliyeva esa uchinchi pogʻonani egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mixli SAFAROV, “Postda” muxbiri.
Abu KENJAYEV

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага