21 Sentabr 2022
1047
Kogon shahar: “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46, 97-moddasi 1-qismi, 164-moddasi 4-qismida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilib, tergovdan yashiringanligi uchun 2020-yil 25-oktyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Kogon shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Kogon shahar “Temir yoʻlchi” mahallasida roʻyxatda turuvchi, 1992-yilda tugʻilgan B.I. ismli shaxs Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida yashirinib kelayotgan manzili aniqlanib, qoʻlga olindi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIED 6-mintaqaviy hududga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati