22 Mart 2023
527
Koʻcha bezorilari endi qonun oldida javob beradi
2023-yilning 16-mart kuni soat 11:00 larda Buxoro shahar «Piridastgir» koʻchasida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan A.Sh. ukasi Sh.A. va tanishi Ch.F. lar bilan bir guruh boʻlib, Buxoro shahar Navoiyshox koʻchasida joylashgan “777” nomli avtomashinalarni yuvish shoxobchasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan Buxoro shahar «Navoiyshoh» koʻchasida yashovchi, 1977-yilda tugʻilgan H.N. bilan janjallashib, janjal paytida unga tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati