20 Yanvar 2023 444

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash. Vobkent tumani

Vobkent tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra joriy yilning 5-yanvar kuni nomaʼlum shaxs tumanning Xalach mahallasida yashovchi 1960-yilda tugʻilgan R.H. ga tegishli “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik kartasidan 706.000 soʻmini, 7-yanvar kuni esa shu mahallada yashovchi 1970-yilda tugʻilgan M.Sh. ga “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik kartasidan 1.300.000 soʻm pullarini yechib olib, ushbu fuqarolarga moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomda ushbu jinoyatni, Vobkent tumanidagi MTT da hamshira boʻlib ishlovchi, 1985-yilda tugʻilgan A.D. ismli ayol sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgi kunda uning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага