Kartadan 18 mln. soʻm pulni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Nomaʼlum shaxs tomonidan 2022-yilning 25-noyabr kunidan 6-dekabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Shofirkon tumani Vardonze mahallasida yashovchi, 1945-yilda tugʻilgan R.S. va yana 9 nafar fuqarolarning plastik kartasidan jami 18.218.000 soʻm pullari yashirin ravishda talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Bogʻiafzal mahallasida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan I.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi boshqa fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati