14 Avgust 2022 312

Joylarda Toshkent viloyati aholisi bilan uchrashuv, ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Hafta boshidan buyon Toshkent viloyati bo‘ylab davom etayotgan ommaviy sayyor qabulning navbatdagi OhangaronAngren, Olmaliq shahri va Piskent tumani aholisi uchun Ohangaron shahri “Namuna” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda, fuqarolarning Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 20 dan ortiq murojaatlari Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov boshchiligida viloyat IIBB masʼullari tomonidan o‘rganildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda fuqarolar – mol-mulk mablag‘larini undirish, oila doirasidagi kelishmovchilik, tergov va surishtiruv, ijtimoiy himoya, ichki yo‘llarda harakat xavfsizligi taʼminlash va boshqa shu kabi masalalar bilan murojaat qilishdi.

Murojaatning asosiy qismi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun muddat talab etadigan 17 ta murojaatni qonuniy hal etish bo‘yicha Vazir o‘rinbosari tomonidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul so‘ngida birinchi marta haydovchilik guvohnomasini olayotgan fuqarolarga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Aholi bilan uchrashuv va sayyor qabullar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага