17 Noyabr 2022 561

Jinoyatchilikni oldini olishda video kuzatuv moslamalar va Milliy gvardiya texnik qoʻriqlash markazlarining oʻrni

Joriy yilning 31-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir huzurida oʻtkazilgan yigʻilish bayonining tegishli bandida berilgan topshiriqqa asosan, Qarshi shahar IIO FMBda mahalla faollari va tadbirkorlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Jinoyatchilikni oldini olishda video kameralar va tashvish nuqtalari «pult” mexanizmlarini oʻrni» mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Koʻlami keng yigʻilishda hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hayotning barcha jabhalarida shu jumladan, huquq-tartibot organlari faoliyatida ham jinoyatchilik bilan kurashishda, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari samarali foydalanib kelinayotgani qayd etildi.

Qarshi shahri hududida oʻtgan davr mobaynida IIO xodimlarining targʻibot-tashviqot ishlari natijasida - 163 dona kamera oʻrnatildi. Jumladan, MFYlarning odamlar koʻp yigʻiladigan joylariga 45 ta ichki koʻchalariga 56 ta, savdo doʻkonlarida 38 ta, xonadonlarda 24 ta,

Qarshi shahar hududida hozirgi kunda – 633 ta MG Qoʻriqlash pultiga obyektlar ulangan. Maktablar, maktabgacha taʼlim tashkiloti, banklar, bozorlar, oliy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar, savdo doʻkonlari va xonadonlar ana shular jumlasidan.

2022-yilda 1246 dona kameralar oʻrnatilish rejalashtirilgan boʻlib, Qarshi shahar IIO FMBga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda

Qarshi shahrida “Xavfsiz shahar” tizimi bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir. Bunda ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlari axborot tizimlari, videokuzatuv, qoidabuzarliklarni qayd etish, obyektlarni qoʻriqlash, ehtimoliy tahdidlarga javob qaytarish va ogohlantirish tizimlarini integratsiya qilish uchun Qarshi shahar IIBda “Vaziyatni nazorat qilish Markazi” (situatsionnыy sentr)ga bosqichma-bosqich ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat hududida “Xavfsiz turizm”, “Obod va xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz transport” apparat-dasturiy kompleks loyihalari amalga oshirilib, axborot-kommunikatsion texnologiyalar joriy etilmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga jinoyatlarni oldini olish va “pult”ga ulanish toʻgʻrisidagi bukletlar tarqatildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага