19 Noyabr 2021 5281

JIEM shifokorlari seminar mashgʻulotiga jalb etildi

Dars mashgʻuloti boʻyicha kun tartibidagi birinchi masala, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish va manzil-koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar yaʼni maxsus kontingentga tibbiy yordan koʻrsatish boʻyicha mavjud muammolar, tibbiy faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni oʻrganish, byudjet mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan doni vositalari va tibbiy mahsulotlarni berish, hisobga olish va ulardan foydalanish boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratildi.

Unda maʼruzachi sifatida taklif etilgan IIV Tibbiyot boshqarmasi Tibbiy nazorat va tekshiruvlar guruhi yetakchi mutaxassisi podpolkovnik Rasul Abdullayev yuqoridagi masalalar yuzasidan qabul qilingan qonun hujjatlari, dori vositalaridan foydalanish tartibi boʻyicha fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdi. 

Qizgʻin savol-javob, bahs-munozaralarga boy oʻtgan treningda jazoni ijro etish muassasalarida xizmat olib borayotgan sogʻliqni saqlash xodimlarining xizmat vazifalari yuzasidan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkillashtirish boʻyicha kerakli maʼlumotlar berildi. Bu kabi mashgʻulotlar esa, kelajakda albatta oʻz mevasini bermay qolmaydi.

IIV JIEM Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага