7 Avgust 2022 678

Jazoni ijro etish tizimi xodimalari bilan tabiat qoʻynida mashgʻulot oʻtkazildi

Jazoni ijro etish departamenti xotin-qizlar masalasi boʻyicha MTB inspektori va departament bosh psixologi tizim xodimalari bilan tabiat qoʻynida mashgʻulot oʻtkazdi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 14-son jazoni ijro etish koloniyasi, 43-, 48- hamda 49-son manzil koloniyalari ayol xodimalari bilan “Vatanparvarlik oyligi”da “Qirqqiz” ziyoratgohida psixologik trening oʻtkazildi.

Departament Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi xotin-qizlar masalasi boʻyicha MTB inspektori katta leytenant Sh.Qoʻldasheva hamda Departament bosh psixologi kapitan А.Sahatovlar tomonidan tashkil etilgan ushbu mashgʻulotlarga 30 nafar xodimalar jalb etildi.

Bundan koʻzlangan maqsad, xodimalarning xizmat bilan bogʻliq psixologik holati va ruhiy muammolarini oʻrganish hamda bu orqali xizmat sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага