13 Noyabr 2022 710

Jazoni ijro etish koloniyalarida xizmat olib borayotgan hamshiralar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi

Ichki ishlar vazirining 2022 yil 29 avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 340-son buyrug‘iga asosan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyatida yutuqlarga erishayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, o‘z kasbining mohir egalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. 

Birinchi mintaqaviy hudud tasarrufidagi jazoni ijro etish koloniyalarida xizmat olib borayotgan hamshiralar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Sadoqat” bog‘ida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda belashishdi. 

Ko‘rik-tanlov 4 ta shartdan iborat bo‘lib, birinchi shart – o‘zini tanishtirish, ikkinchi shart – savol javob, uchinchi shart – amaliy mashg‘ulot va to‘rtinchi shart – erkin mavzudan iborat bo‘ldi.

Hamshiralar yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan musobaqa juda qizg‘in o‘tdi. Hakamlar hayʼati aʼzolari hamshiralarni shaffoflik bilan baholab borishdi. Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni 21-son JIEK hamshirasi, ikkinchi o‘rinni 24-son TK hamshirasi va uchinchi o‘rinni 13-son JIEK hamshirasi egalladi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga Toshkent viloyati kasaba uyushmasi tomonidan sovg‘alar hamda Buxoro viloyatiga ikki kunlik sayohat taklifnomasi topshirildi.

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага