22 Noyabr 2022 923

Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi rahbar xodimlar malaka oshirish kurslariga jalb etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2022 yil 14 noyabr kunidagi 136-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 51 soatlik o‘quv reja-dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi rahbar xodimlar uchun "Zamonaviy boshqaruv va boshqaruv mahorati" mavzusida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Shu bois, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi rahbar xodimlarini o‘qitish bo‘yicha 2022 yil 30 oktabr kuni tasdiqlangan ro‘yxatga asosan rahbar xodimlar jami 6 o‘quv guruhiga ajratilib, kurslar navbat asosida joriy yilning 31- dekabr kuniga qadar davom etishi belgilangan.

Bugungi kunda Ichki ishlar organlarining "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz", dek konseptual g‘oyasini amalda tadbiq etish, tizim xodimlarining kasbiy mahorati va jismoniy shayligi, bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan IIV Akademiyasi, O‘zbekiston Davlat Milliy universiteti va boshqa bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan doimiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага