28 Dekabr 2022 1188

Janubiy koreyalik mutaxassisdan master-klass

Toshkent shahridagi Aju universiteti professori IIV Akademiyasi kursantlariga seminar-trening oʻtdi.

“Global makonda axborot xavfsizligini taʼminlash” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda “Kiberxavfsizlikni taʼminlash” va “Axborot texnologiyalari” iqtidorli kursantlar ilmiy toʻgaraklari aʼzolari qatnashdi.

Mashgʻulotda kiber olamdagi tahdidlar, internet tarmogʻi orqali sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularning turlari va oldini olish yoʻllari, jahon kibermakonida yuzaga kelayotgan zamonaviy xavf-xatarlar haqida soʻz bordi. Shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashda qoʻllanilayotgan dasturlar multimedia tarzida namoyish etilib, universitet faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Professor Endi Xvang kursantlar bilan ingliz tilida muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага