8 Fevral 2023 321

Jamoat xavfsizligini taʼminlashda probatsiya guruhining faoliyati

Shahrisabz shahar IIB JXX Probatsiya guruhi jazo muddatini oʻtayotgan nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan bandligini taʼminlash, muayyan kasbga oʻqitish orqali ularning dunyoqarashida jinoyatchilikka qarshi hamda mehnatga halol munosabatni shakllantirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi «Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 84-son qaroriga asosan nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha 2023-yil 7-fevral kuni shahar bandlik boʻlimlari bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ushbu yarmarkaga 130 nafar shaxslar ishtirok etib, shulardan 7 nafari ish bilan taʼminlandi. 

Koʻkdala tuman IIB JXX Probatsiya guruhida jazo muddatini oʻtayotgan nazoratdagi shaxslar bilan Koʻkdala tuman prokurori oʻrinbosari F.Qurbonov hamda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan probatsiya guruhidagi nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning dunyoqarashida jinoyatchilikka qarshi hamda mehnatga halol munosabatni shakllantirish borasida 2022-yil 7-fevral kuni mahkumlar bilan qayta jinoyat qilmaslik boʻyicha profilaktik suxbat oʻtkazilib tushuntirish ishlari olib borildi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага