Jamoat xavfsizligini taʼminlash doirasida
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik Sh.Sh. Ibragimov hamda masʼul xodimlar tomonidan, qurol muomalasi sohasidagi amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida, jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini yanada kuchaytirish, qurol va uning oʻq-dorilarining ishonchli saqlanishini tashkil etish va ular bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish maqsadida, Toshkent shahri hududida faoliyat olib borayotgan ov quroli savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlarda ish yuritilishi, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish hamda faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlarining joriy etilishi va ularning bajarilishi oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida, ushbu savdo obyektlarining tashqi perimetri va ichki hududlarini zamonaviy videokuzatuv va tashvishgoh tizimlari bilan taʼminlanganligiga, ularni Milliy gvardiyaning texnik qoʻriqlash markaziga ulanganligiga shuningdek, sotuvga qoʻyilgan va sotilgan qurollarning elektron hisobini olib borish va boshqa xavfsizlik talablariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu oʻrinda, ov quroli savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkon egalari va sotuvchilarining soha faoliyati doirasida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi amalga oshirilishi kerak boʻlgan masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashilib, masʼullarga qoʻshimcha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati