12 Avgust 2022 403

Izboskanda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlayotgan fuqaro aniqlandi

Andijon viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Izboskan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Izboskan tumanida yashovchi erkak fuqaro K.M.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uyining ichida turgan shkafning ustidagi sellofan paketda, jami 105 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага