Istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 20 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi Politsiya Konsuli Na Dong Gun bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi o‘rtasida 2022 yilda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar kelayotgan yangi 2023 yilda huquqni muhofaza qilish sohasining turli yo‘nalishlarida, jumladan yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, kiberxavfsizlikni taʼminlash, ekspert kriminalistika kabi soha mutaxassislarining malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi