“Isteʼmolga yaroqsiz”-deb topilgan mahsulotlar yo‘q qilinmoqda
Surxondaryo viloyati IIB JXX PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha viloyatning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat hududidagi bozorlar va bozor atrofida ovqatlanish shoxobchalarida tekshiruv tadbirlari o‘tkazilishi natijasida 7 nafar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109 moddasiga asosan har biri 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘mdan jami 1 050 000 (bir million ellik ming) so‘m jarimaga tortildi.
“Isteʼmolga yaroqsiz”-deb, topilgan 130 kg go‘sht va go‘sht mahsuloti, 105 dona tuxum, 30 kg sut, 8 kg baliq, 47 kg tuzlama mahsulotlar hamda 28.5 kg nomaʼlum sharoitda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Viloyat hududida isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyatida IIB Axborot xizmati