20 Fevral 2023 458

Ish bilan taʼminlash masalalari — eʼtibor markazida

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi probatsiya xizmati xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Jumladan, probatsiya xizmati tashabbusi bilan Bandlik bosh boshqarmasi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi vakillari bilan birgalikda Olmazor tumanida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Maqsad - nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash masalalarini hal qilish.

“Ish bor, kasb bor” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda turli mulkchilik shaklidagi oʻndan ortiq tashkilot va korxona mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berdi.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida roʻyxatdan oʻtgan 45 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, ulardan 9 nafariga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi. Yana toʻrt nafariga kasbiy tayyorgarlik kurslariga tayyorlash uchun yoʻllanmalar berildi.

Xuddi shunday tadbir Uchtepa tumanida ham tashkil etildi. Tadbirda tumanda roʻyxatga olingan 15 nafar fuqaro, shuningdek, tumanda yashovchi vaqtincha ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Ishga muhtoj shaxsning yashash joyi, mutaxassisligi yoki malakasini hisobga olgan holda boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.

Yarmarka davomida 5 nafar fuqaro ishga yoʻllanmalar olishdi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага