21 Oktabr 2022 797

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi delegatsiyasining xorijiy hamkasblari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

ICPO Interpol Bosh Assambleyasi 90-sessiyasining uchinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi delegatsiyasi uchun qiziqarli va sermahsul bo‘ldi. Shu kuni Interpol MMBning Isroil Davlati, Hindiston, Turkiya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbatlar chog‘ida politsiyaning Interpol doirasidagi o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib, tomonlar ushbu uchrashuvlar hamkorlik darajasi oshishida muhim ahamiyat kasb etishini, chunki bugungi kunda turli ko‘rinishdagi jinoyatlarga qarshi kurashda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini taʼkidlab o‘tishdi.

Shu kuni Bosh Assambleya sessiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi, Latviya Respublikasi, Moldova Respublikasi, Tojikiston, Pokiston Islom Respublikasi, Polsha Respublikasi Interpol MMBlari delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha tomonlar bir qator hamkorlik shartnomalarini qabul qildilar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro politsiya hamkorligini kengaytirishni taʼkidladilar.

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi MMB

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага