17 Mart 2023 891

Interpol kanallari orqali odam savdosi boʻyicha qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayol BAAdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchining deportatsiya masalasi hal qilindi.

Hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda oʻzaro axborot almashinuvi, ikki davlat Interpol MMBlari rahbarlarining qidiruvni faollashtirish boʻyicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shugʻullanib kelgan va xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayolning deportatsiyasi amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yoʻllar bilan fohishalik bilan shugʻullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnatish boʻyicha uyushgan jinoiy guruh tuzishgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish vaʼda qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan soʻng ularning pasportini olib qoʻyishar va fohishalik bilan shugʻullanishga joʻnatishardi.

Shu tariqa, Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari oʻrtasida oʻtkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan soʻng Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага