8 Fevral 2023 1091

Interpol jinoyatchilikka qarshi kurashishni davom ettirmoqda

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari boshchiligida diniy-ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun qidirilayotgan jinoyatchi Kishinyov shahridan Toshkentga yetkazildi. 

Hibsga olingan shaxs Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib, xalqaro ekstremistik tashkilotga qoʻshilgan va u yerda terrorchilik harakatlarini sodir etish va tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda ishtirok etib, tashkilot yetakchilaridan biriga aylangan edi. Jinoyatchini qoʻlga olish Toshkent va Kishinyov Interpol Milliy Markaziy byurolarining birgalikdagi harakatlari va tezkor - axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.

Moldovaning vakolatli organlari tomonidan ekstraditsiya masalasi ijobiy hal etilganidan soʻng, qidirilayotgan shaxs sud oldida javob berish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага