3 Iyul 2022
745
Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish, bilim va malakasini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan tizimda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 28 iyun kunidagi buyrug‘iga asosan profilaktika inspektorlarining oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun vazir o‘rinbosari tomonidan berilgan tavsiyanomalar bir guruh xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati