1 Dekabr 2021 6375

IIV tibbiyot delegatsiyasi Seulda

Hozirda Koreya Respublikasining Seul shahrida rasmiy tashrif bilan mehmon boʻlib turgan IIVning bir guruh mutaxassislari qatorida Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Sh.Nishanov boshchiligidagi IIV davolash-profilaktika muassasalari yetakchi mutaxassislari bugun Samsung klinikasi va Koryo universiteti qoshidagi Anam klinikasida boʻlib, u yerdagi yuqori texnologiyali tibbiy yordamning jahon miqyosidagi yetuk mutaxassislari faoliyati bilan tanishdilar.

IIV tibbiyot boshqarmasi tibbiy muassasalari shifokorlari va yuqoridagi klinika mutaxassislari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

Ishchi guruhning tashrifi davom etmoqda.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага