14 Fevral 2022 1299

IIV Tibbiyot boshqarmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining malakali shifokorlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi

Hozirgi kunda tibbiyot bilan sport hamohangligini kuchaytirib, odamlarni sogʻlom turmush tarziga odatlantirish, aholining umrini uzaytirish masalalari eng dolzarb masaladan biri hisoblanadi. Bugun hech kimga sir emas, erta yoshdan boshlab sport bilan muntazam shugʻullanadigan bolalargina jismonan sogʻlom, baquvvat boʻlib voyaga yetadi.

Shu asosda har bir ota-onaning ezgu orzusi boʻlmish sogʻlom farzand oʻstirish, aholimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng qaror toptirish uchun katta imkoniyatlar paydo boʻladi. Aynan yoshlik chogʻidan sport bilan doʻst boʻlish bolaning oʻz ustida ishlashi, xarakterining toblanishi, musobaqalarda qatnashish orqali qatʼiyatlik va mardlik xususiyatlarining shakllanishi, gʻalabaga intilishi, taʼbir joiz boʻlsa, avvalo, oʻz ustidan gʻalaba qozonishi, bir soʻz bilan aytganda, mustahkam irodaga ega boʻlishi uchun puxta zamin yaratadi.

Joriy yilning 7-fevral kunidan karantin cheklovlari yengillashtirilishi munosabati bilan oʻquv dargohlariga anʼanaviy tarzda taʼlim berish uchun ruxsat berildi. Shu munosabat bilan yoshlarni badan tarbiya va sport bilan chiniqtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksida Sambo, karate, tennis, taekvando, boks, raqs, kurash, sheyping, gimnastika, qoʻl jangi, futbol va boshqa sport toʻgaraklari karantin qoidalariga rioya qilgan holda oʻz ishini davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV “JAR” sport–sogʻlomlashtirish kompleksida faoliyat yuritayotgan sport toʻgaraklari murabbiylarini tibbiy malakasini oshirish jumladan sport toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlarga mashgʻulot vaqtida biron bir tan jarohatlari olgan vaqtlarida ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan Sogʻlikni saqlash vazirligi va IIV Tibbiyot boshqarmasining malakali shifokorlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi. 

Oʻtkazilgan seminar mashgʻulotlar davomida jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish toʻgʻrisida tushuntirishlar va koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.

“JAR” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага