IIV ishchi guruhi Xorazm viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi
Joriy yilning 29-30-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik M.M.Mirqurbanov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurib, xodimlarga yaratilgan shart sharoitlar, ularning xizmat olib borish jarayonlari va ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Urganch xalqaro aeroporti va Urganch temir yoʻl vokzalida xizmat olib borayotgan boshqarma soha xizmat xodimlarining xizmat faoliyati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha topshiriqlar va xizmatga oid qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan boshqarma Tashkiliy boʻlim, HPG, JTSG va JQB xodimlarining xizmat faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda yurituvda boʻlgan hujjatlarning ahvoli oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha amaliy yordam berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti