9 Iyun 2022 9936

IIV huzuridagi JIED ichki ishlar organlarida xizmat qilishni xohlovchilarni ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi Toshkent, Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Jazoni ijro etish koloniyalari hamda Tergov hibsxonalarida bo‘sh bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar (erkak) 2022 yilning 26 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar soat 09.00 dan 17.00 gacha O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada ko‘rsatilgan namunadagi (quyida ilova qilingan) hujjatlarni aslini (nusxalari bilan) ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

1. Fuqarolik pasporti;

2. Harbiy guvohnoma;

3. Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki sirtqi taʼlim bo‘yicha tahsil olayotganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;

4. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda, 086-forma).

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- IIV akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lishi;

- erkak (o‘g‘il bola) bo‘lishi;

- yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham) bo‘lishi;

- bo‘yi 165 sm va undan yuqori bo‘lishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi.

Belgilangan kunlardan (26-30 iyun) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Murojaat uchun telefon: 71-291-59-02

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 25-uy O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага