8 Avgust 2022 657

IIV huzuridagi JIED xodimi safdor Murodjon Yoʻldoshev Osiyo chempionatining kumush medali sohibi boʻldi

Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Nihoyasiga yetgan kunning ikkinchi kungi bellashuvlarida jami 4 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi.

Bugungi bahslar yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega boʻldi. 

Hindistonlik va xitoylik raqiblaridan yaqqol ustunlikka erishib 73 kg vaznda finalga yetib kelgan Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega boʻlib turibdi. 

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага