5 Iyun 2022 1092

IIV huzuridagi JIED xodimi Murodjon Yoʻldoshev Tbilisi “Katta Dubulgʻa” turniri sovrindori

Tbilisi shahrida oʻtkazilayotgan “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir oʻzining qizgʻin pallasiga kirdi.

Biroz avval -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan IIV huzuridagi JIED safdor xodimi Murodjon Yoʻldoshev bronza medali uchun kechgan bellashuvda moldovalik Petru Pelivanni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Yoʻldoshev bronza medali bilan birga qimmatli 350 reyting ochkosini ham qoʻlga kiritdi. Bu Murodjonning “Katta Dubulgʻa” turniridagi birinchi medali boʻldi.

IIV huzuridagi JIED shaxsiy tarkibi safdor Yoʻldoshevni muhim gʻalaba bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ham omad yor boʻlishini tilaydi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага