7 Dekabr 2022 735

IIV Akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan navbatdagi vebinar maʼruza tashkil etildi

Joriy yilning 6-dekabr kuni IIV Akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan navbatdagi vebinar maʼruza tashkil etildi.

Onlayn formatda oʻtgan mashgʻulotni YXHT Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamentining Politsiya faoliyati boʻyicha strategik masalalar guruhi ekspertlari Byorn Tore Saltvik hamda Alina Muntyanu olib bordi.

Mashgʻulot “Jinsiy zoʻravonlikka qarshi kurashish va gender tenglik asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ayol xodimalarning kasbiy oʻsishini taʼminlash” mavzuiga bagʻishlandi. Xorijlik mutaxassislar ishtirokida jinsiy zoʻravonlik, uning sabablari va kelib chiqish sharoitlari, jinsiy zoʻravonlik jabrlanuvchilari huquqlarini himoya qilish, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, xotin-qizlarga nisbatan sodir qilinayotgan zoʻravonliklarga qarshi kurashish, ushbu holatlarning oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan amaliy saʼy-harakatlar, mazkur faoliyatdagi muammolar va ularning yechimlari xususida fikr almashildi.

Oʻz navbatida, YXHT vakillari gender tenglik masalalari, xususan, xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan turli tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish borasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni eʼtirof etib oʻtishdi. 

Mashgʻulot davomida ixtisoslik kafedralari professor-oʻqituvchilari va kursantlar oʻzlari uchun zarur tavsiyalarga ega boʻlishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага