12 Yanvar 2023 453

IIV Akademiyasida “Mardlar bellashuvi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi

Koʻrik-tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oʻttiz bir yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazildi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasining “Oʻzbegim”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Jasorat”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Qutqaruvchilar”, Bojxona institutining “Ishonch” hamda IIV Akademiyasining “Mard oʻgʻlonlar” jamoalari oʻzaro bellashdi.

Hakamlar hayʼati vakillari “Tanishuv”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Vatan madhi” shartlari orqali jamoalarning chiqishini baholab borishdi. Qiziqarli sahna koʻrinishlari, savol-javob va munozaralarga boy oʻtgan tadbir yakunida “Mard oʻgʻlonlar” jamoasi birinchi, “Qutqaruvchilar” jamoasi ikkinchi va “Oʻzbegim” jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek Bojxona instituti kursanti Nozima Odilova “Eng zukko kursant”, Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Shahriyor Jabborov “Eng iqtidorli kursant” nominatsiyasiga sazovor boʻldi.

Taqdirlar marosimida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilgan izchil islohotlar yetuk salohiyatli, mard va jasur, ona Vatanimizga yuksak daxldor oʻgʻil-qizlarni kamol toptirishga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi. Shundan soʻng ishtirokchilarga diplom va sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага