2 Fevral 2023 409

Idoralararo ishchi guruhning Fargʻona viloyati hududidagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, maktab oʻquvchilari, talabalar, ayollar va yoshlar orasida qonunga itoatkorlik hissini shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda

Jumladan, tadbir jarayonida ishchi guruh mutasaddilari, viloyat prokuraturasi va majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarni moddiy taʼminlash yoʻnalishi oʻrganilib, ayni vaqtda 387 ta aliment undiruvi qarzdorlari aniqlandi. Ularning barchasi boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilib, aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqlariga qaratildi.

Shuningdek, qarzdorlardan jami 7 mlrd. soʻm aliment pulini undirishga erishildi.

Bundan tashqari, aliment qarzini toʻlashdan boʻyin tovlagan 296 nafar qarzdorga MJtKning 474-moddasi bilan maʼmuriy chora koʻrildi.

Oʻrganish davomida notinch boʻlgan 439 ta oiladagi muhit oʻrganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yoʻli bilan 501 nafar voyaga yetmaganlar oila bagʻriga qaytarildi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага