20 Iyul 2022 1323

Ichki ishlar vazirligida Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (YXHT DIIHB) vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV binosida Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Milliy gvardiya vakillarining YEXHT DIIHBning ovoz berishning yangi texnologiyalari boʻyicha katta maslahatchisi Vladimir Misev boshchiligidagi Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (YXHT DIIHB) delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ya.Abdulxakov, Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari M. Ganiyev, Bosh prokuratura boshqarmalari boshliqlari B.Babadjanov va T.Umarov, IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi N.Maxmudovlar ishtirok etishdi.

Mehmonlar Oʻzbekiston tomoniga respublikaga tashrif buyurish imkoniyati uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar. V.Misevning taʼkidlashicha, mazkur tashrif Konstitutsiyani qabul qilish boʻyicha referendum oʻtkazish chogʻida xavfsizlikni taʼminlash, mamlakat fuqarolarining huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini belgilab beradi.

U referendumda DIIHB keng koʻlamli missiyasining ishtiroki mamlakatning demokratik islohotlari va xalqaro hamjamiyat bilan muloqotga tayyorligini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida oliy martabali mehmon Ichki ishlar vazirligiga joriy tashrifi, jumladan, Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy Majlis hamda qator tashkilotlarga tashriflari Oʻzbekiston va YXHT oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish imkonini berishini taʼkidlab oʻtdi.

Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага