Ichki ishlar vazirligi va YuNISEF o'zaro hamkorlikda
Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama g'amxo'rlik ko'rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib, davlat organlari, nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.
Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, joriy yilning 12 may kuni Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig'i polkovnik B.e.Berdialiev va Bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari polkovnik U.X.Abdullaevalar tomonidan Birlashgan Millatlar tashkilotining Bolalar fondi “YuNISEF”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Safinas Axaeva, Bolalar salomatligi bo'yicha mutaxassis Ol`ga Kim, YuNISEF yurist konsul`tant Gulchexra Nigmadjanovalar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv doirasida voyaga etmaganlar bo'yicha inspektor psixologlar xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha manzilli tadbirlarni tashkil etish, Belarusiya tajribasidan kelib chiqqan holda, Ichki ishlar vazirligi tizimida “Bolalar va o'smirlarni hayotiy xavfsizligini ta'minlash markazi” ni tashkil etish, shuningdek, 2021 yil davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama qilindi.
IIV HPBB Axborot xizmati