7 Mart 2023 376

Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbiri, Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlanib,.... Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan ushbu tadbirning asosiy sababchilari boʻlgan “departament tarkibiy boʻlinmalarida vatanimiz el-yurt osoyishtaligi va himoyasi yoʻlida erkak xodimlarimiz bilan bir safda azmu-shijoatga bel bogʻlagan holda xizmat qilib kelayotgan katta va kichik ofitserlar, safdor va serjantlar tarkibi hamda ishchi-xizmatchilari, aziz va muhtarama ayollarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismida, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining jami 16 nafari ayol xodimalarini;-

Shundan;-

2 nafari Ichki ishlar vazirligining “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni;

2 nafari “Ichki ishlar organlarida III-darajali benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni;

4 nafari Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorligʻi”;

8 nafari Ichki ishlar vazirligining “Esdalik qoʻl soati” bilan taqdirlanganlarni tantanali ravishda topshirish va eʼlon qilish boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirga yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximovning 2023-yil 4-mart kunidagi “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 20-sonli buyrugʻiga asosan departamentning jami 130 nafar ayol xodimalari hamda ishchi-xizmatchilari pul mukofoti bilan mukofotlanganligi eʼlon qilindi va tadbirda ishtirok etgan barcha ayol xodimalarimizga gul va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага