27 Oktabr 2022 453

Ichki ishlar vazirligi tizimida voleybol sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, salomatligini yaxshilash, shuningdek, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Ichki ishlar organlari o‘rtasida sportning voleybol sport turi bo‘yicha uch bosqichli “Vazir kubogi” musobaqasi tashkil qilindi.

Birinchi hududiy saralash bosqichi Ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari xotin-qizlari o‘rtasida 10 oktyabrgacha, ikkinchi guruh bosqichi 10-15 oktyabr kunlari to‘rtta guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkazildi.

Uchinchi Respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, IIV Qorovul qo‘shinlar qo‘mondonligi, IIV Jazoni ijro etish departamenti, Farg‘ona viloyati IIB jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqaning final bosqichini tantanali o‘tkazilishida IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik U.K.Nurullayev, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmatining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik N.B.Mirjalolova, IIV Madaniyat saroyi artistlari hamda Namunali orkestr xodimlari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, faxrli ikkinchi o‘rin IIV Jazoni ijro etish departamenti va faxrli uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyati IIB jamoasiga nasib qildi.

Shuningdek, “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB katta inspektori, mayor Mamatova Marg‘ubaxon Inomjonovna, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi bo‘yicha Qorovul Qo‘shinlari Qo‘mondonligi 7534 harbiy qism 1-batalyon oddiy askari Sultonova Sevara Alisher qizi, “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasida Qorovul Qo‘shinlari Qo‘mondonligidan 7534 harbiy qism 1-batalyon kichik serjant Nurmatova Charos Abdumannonovna munosib deb topildi. Musobaqa g‘oliblariga diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha guruhi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага