7 May 2021 5382

Ichki ishlar vazirining o'rinbosari Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining xizmat faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyatning Bo'stonliq tumaniga tashrif buyurdi

Joriy yilning 6 may kuni Ichki ishlar vazirining o'rinbosari -  general-mayor B.Yu. Mirzaraximov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boqarmasi, Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining xizmat faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyatning Bo'stonliq tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif chog'ida, Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun yangidan barpo etilayotgan, barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy bino va inshoatlar shu jumladan yagona vaziyatlar (situatsion) markazi qurilishi bilan tanishildi.

Shuningdek, boshqarma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi, bilim saviyasi, xizmat intizomi va qonunchilik yuzasidan suhbatlar o'tkazildi. Boshqarma ixtiyoridagi barcha mavjud avtomototransport vositalarining shayligi tekshirildi.

Shu bilan birga horijiy va mahalliy sayyohlar ko'plab tashrif buyuradigan “Xo'jakent” hududi, “Chorbog'” dam olish oromgohi va “Amirsoy” tog'-chang'i kurortida yaratilgan shart-sharoitlar va xavfsizlik tizimi bilan yaqindan tanishinildi.

“Chorvoq erkin turistik zonasi”da jamoat tartibini saqlash va turistlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora tadbirlar belgilanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

IIV Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага