Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Metropolitenda XTBda oʻtkazilgan xizmat oldi yoʻriqnomasida ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov, joriy yilning 10-oktyabr kuni Transport va turizm obyektlarida XTD Metropolitenda XTBga tashrif buyurib, shaxsiy tarkib bilan oʻtkazilgan xizmat oldi yoʻriqnomada ishtirok etdi.
Tashrif davomida Vazir oʻrinbosari xamda Transport va turizm obyektlarida XTD boshligʻi oʻrinbosari Metropolitenda XTB boshligʻi polkovnik R. A.Tashpulatov tomonidan yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh boʻlib xizmat qilishimiz kerakligi haqida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, har qanday ob-havo sharoitida ham yuklatilgan xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishlari haqida bir qator koʻrsatmalarni berib, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarlikdagi sifatlarni oshirish bilan bir qatorda ularning huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyalarini oshirish borasida ham masʼul rahbarlarga vazifalarni belgilab berildi.
Tashrif soʻngida, vazir oʻrinbosari tomonidan koʻp yillar mobaynida metropoliten bekatlariga kirish-chiqish joylarida xizmatni oʻtagan xodimlardan maqsadli foydalanish, shu jumladan, transport va turizm obyektlarining uzluksiz va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida boshqarma shaxsiy tarkibining kuch va vositalaridan foydalanish “Yagona joylashuv” rejasini tasdiqlab berdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti