Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Metropolitenda XTB shaxsiy tarkibi bilan yoʻriqnoma oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov ishtirokida joriy yil 23-mart kuni IIV Transport va Turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi saf boʻlinmalarining 911 nafar shaxsiy tarkibi bilan yoʻriqnoma boʻlib oʻtdi.
Yoʻriqnomada Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi shaxsiy tarkib tomonidan ijro etildi, general-mayor B.Yu.Mirzaraximov tomonidan shaxsiy tarkibni «21-mart Navroʻz umumxalq bayrami» bilan tabrikladi. Bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirining 2023 yil 20-mart kunidagi 141-sonli buyrugʻi bilan ragʻbatlantirilgan xodimlarni shaxsan shaxsiy tarkib oldida mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan Referendumga tayyorgarlik koʻrish, tartib intizomni mustahkamlash, xizmat vaqtida hushyorlikni yoʻqotmaslik hamda xizmat vazifalariga vijdonan yondashish boʻyicha koʻrsatmalar berib, yoʻriqnomadan soʻng Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti