4 Fevral 2023
814
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari harbiy qismga tashrif buyurdi
Joriy yilning 4-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir oʻrinbosari 2022-yil yakuni tahlili bilan tanishib oʻz fikrini bildirdi, va harbiy qism shaxsiy tarkibiga oxirgi paytda Ichki ishlar tizimida sodir etilayotgan voqea va hodisalarni misol keltirib boʻlim va xizmat boshliqlariga koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Tashrif yakunida harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib ularga boʻlib oʻtayotgan yakuniy test sinovlarida omad tilab ularning ruhiyatini koʻtarib qoʻydi.